PostgreSQL darslariga xush kelibsiz!
PostgreSQL
- bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda fayllar va kataloglar iyerarxik ko'rinishdagi ma'lumotlar ombori. Bundan tashqari hozirgi kunda, opyektga yo'naltirilgan ma'lumotlar ombori juda tez rivojlanmoqda.
Har qanday jadval, nomlangan qatorlardan tashkil topadi. Jadvaldagi hamma qatorlar bir xil nomlangan ustinlardan tashkil topadi. Bu holatda har bitta ustun uchun qandaydir bir tipni ko'rsatish mumkin. Ya'ni bu ustunga tegishli ma'lumotlar qaysi tipda bo'lishi mumkinligini aniqlab olish. Ustunlar tartibi hamma qatorlarda aniq o'zgarmas bo'lada, SQL jadvalda aniq bir tartibni saqlab bermaydi, lekin uni so'rov vaqtida tartiblash mumkin bo'ladi.
Jadvallar ma'lumotlar omboriga birlashtiriladi, aniq bir PostgreSQL serverdagi ma'lumotlar ombori esa ma'lumotlar ombori klasteri tashkil etadi.