Tarkibga o'tish

PostgreSQLni Linux operatsion tizimiga o'rnatishni

Bu qismda PostgreSQL ni Linux OS ga o'rnatishni bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz(Ubuntu misolida). Birinchi o'rinda Linux package managerini yangilashimiz zarur. Quyidagi buyruqni Linux termenalida ishga tushiring.

sudo apt update
Packagelar yangilanganidan so'ng PostgreSQL ni o'rnatish buyrug'ini termenalga yozamiz.

sudo apt install postgresql
Yuqoridagi buyruq PostgreSQLni operatsion tizimga mos versiyasini o'rnatadi. Boshlovchilar uchun PostgreSQLni versiyasini katta ahamiyati yo'q.

Eslatma Yuqoridagi ko'rsatilgan buyuqlar ishlashi uchun kompyuterda internet bilan uzulish bo'lmasligi lozim.

PostgreSQLni o'rnatish omadli yakunlanganidan so'ng, tizim yangi postgres deb nomlangan yangi foydalanuvchini yaratadi.


Tizim buyruqlari

PostgreSQL holatini tekshirish

sudo systemctl status postgresql

PostgreSQL avtomat ishga tushishini vaqtincha o'chirish

sudo systemctl disable postgresql

PostgreSQLni ishga tushirish

sudo systemctl start postgresql

PostgreSQLni qayta ishga tushirish

sudo systemctl restart postgresql

Ulanish